Zalga birinchi marta kelsangiz ham, nima qilishni bilasiz.

Intizom sizga dastur tuzadi, har bir mashqni rasm bilan ko'rsatadi, vaznni qachon oshirishni aytadi va nima yeyishni taklif qiladi.

Download on the App Store Get it on Google Play

iPhone va Android uchun.

Zalga borish qiyin emas. Qiyini — u yerda nima qilishni bilmaslik. *Intizom *shuni *o'z *zimmasiga *oladi: dastur, texnika, vazn va ovqat.

BITTA MASHG'ULOT

Boshidan oxirigacha yoningizda.

01 · ISINISH

Avval tanani tayyorlaymiz.

Besh daqiqa, har bir harakat multfilm bilan. Yo'lakcha shart emas, hammasi joyida bajariladi.

02 · SET

Bajardingiz. Bitta tugma.

Vazn va takror oldindan yozilgan. Sanash, eslab qolish va daftar kerak emas. Internet bo'lmasa ham ishlaydi.

03 · DAM OLISH

Taymer o'zi ishga tushadi.

Qancha dam olishni o'ylamaysiz. Signal chalinganda keyingi set, keyingi vazn tayyor turadi.

04 · YAKUN

Bugun nima qildingiz, ertaga nima o'zgaradi.

Hamma setni toza bajarsangiz, keyingi safar vazn biroz oshadi. Chiqmasa, shu vaznda yana bir marta ishlaysiz.

0mashq rasm va qadamlar bilan
0rasmli dars yangi boshlovchiga
0 sbitta setni yozish uchun
0 kunbepul, kartasiz
YANGI BOSHLOVCHIGA

"Set" nima ekanini bilmasangiz ham bo'ladi.

Qisqa rasmli darslar zalning hamma narsasini tushuntiradi. Birinchi mashqdan oldin faqat beshtasi, qolgani kerak paytda chiqadi.

Qahramon skameykada gantel ko'tarmoqda

Takror va set nimaBirinchi mashqdan oldin

Qahramon yengil gantelni tanlamoqda

Yengil vazndan boshlangBirinchi mashqdan oldin

Qahramon qo'l mushagini ushlab turibdi

Achishish va og'riqBirinchi mashqdan oldin

Qahramon trenajyor vaznini sozlamoqda

Trenajyorni sozlashBirinchi trenajyor mashqida

Qahramon gantel ko'tarib nafas chiqarmoqda

Nafasni ushlab turmangBirinchi setdan keyin

Qahramon setlar orasida suv ichmoqda

Setlar orasida damBirinchi taymerda

Qahramon joyida tizzani ko'tarib yurmoqda

Joyida yurishIsinish · 40 s

Qahramon skameykani artmoqda

Zal odobiBirinchi mashq yakunida

Qahramon vaznsiz o'tirib-turmoqda

O'tirib-turishIsinish · 10 marta

Qahramon ertalab karavotdan turmoqda

Ertaga mushak og'riydiBu normal

Qahramon qo'llarini yondan ko'tarmoqda

Qo'llarni ko'tarishIsinish · 30 s

Qahramon shtangaga disk qo'shmoqda

Vazn qachon oshadiVazn birinchi oshganda

Qahramon ovqatlanmoqda

Ovqat va suvIkkinchi kuni

IMKONIYATLAR

Zal uchun kerak hamma narsa. Bitta ilovada.

AI murabbiy

Oxirgi ikki haftangizni ko'radi. Charchagan kuni yukni kamaytiradi, mashqni almashtiradi.

Ovqat

Nima yeganingizni oddiy matn bilan yozasiz. Kaloriya va oqsilni ilova hisoblaydi.

Qo'llanma

Mushak guruhi va jihoz bo'yicha.

mashq

Progress

Vazn, kuch va rekordlar.

Internetsiz

Zalda aloqa yomon bo'lsa ham setlar telefonda saqlanadi va keyin yuboriladi.

3 ta set saqlandi
NARX

Avval sinab ko'ring. Keyin o'zingiz hal qilasiz.

Karta so'ralmaydi va pul o'z-o'zidan yechilmaydi. Sinov tugasa ham ma'lumotlaringiz saqlanib qoladi.

YillikOyiga hisoblaganda arzonroq[NARX] / yil
OylikIstalgan payt bekor qilinadi[NARX] / oy
SAVOLLAR

Ko'p so'raladi.

Hech qachon zalga bormaganman. To'g'ri keladimi?

Ha, ilova aynan shunday odam uchun qurilgan. Dasturni o'zi tuzadi, har bir mashqni rasm va qadamlar bilan ko'rsatadi, birinchi kuni yengil vazndan boshlatadi.

Boshlang'ich vaznni qanday tanlayman?

Tanlamaysiz. Har setdan keyin "Yengil", "Me'yorida" yoki "Og'ir" deb belgilaysiz, keyingi vazn shunga qarab tanlanadi.

Zalda internet yomon. Ishlaydimi?

Ha. Setlar telefonda saqlanadi va internet paydo bo'lganda yuboriladi. Murabbiy va ovqatni hisoblash uchun internet kerak.

7 kundan keyin nima bo'ladi?

Pul o'z-o'zidan yechilmaydi, chunki karta so'ralmagan. Davom etish uchun tarif tanlaysiz. Tanlamasangiz ham tarixingiz saqlanib qoladi.

Birinchi mashg'ulot bugun bo'lsin.

Ilovani yuklang, maqsadingizni ayting va zalga tayyor dastur bilan kiring.

Download on the App Store Get it on Google Play